Hindiston hukumati mamlakat fuqarolariga Liviyaga qanday maqsadda bölişidan qat'iy nazar, istalgan safarlarni amalga oşirişni taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu haqda mamlakat taşqi işlar vazirligida ma'lum qilindi. 

Liviyada xavfsizlik bilan boğliq yuz bergan vaziyat, u yerda Hindiston fuqarolari xavfsizligi va hayotlariga tahdidlar sababli Hindiston hukumati hind fuqarolariga Liviyaga safar uyuştirişni taqiqlaşga qaror qilgan. 

Bu taqiqlov 2016 yil 3 maydan amal qilmoqda.

Liviyada 31 martdan boş vazir Fayoz as-Sarajim boşçiligidagi yangi milliy kelişuv hukumati öz işini boşladi. Liviyaning ba'zi hududlari IŞID bilan aloqador bölgan jangarilar tomondan bosib olingan.