Buyuk britaniyalik xonanda, kompozitor, pop-jazz xonandasi Adel «Send My Love» nomli qöşiği klipida qimmatbaho libosda namoyon böldi. U Adelning «25» nomli musiqiy albomidan örin olgan.  

Klip oddiy tarzda, qora fonda suratga olingan bölib, köproq Adelning qimmatbaho libosi, qöşiq mazmuni va xonandaning qöşiq musiqasi taktlariga mos raqs harakatlari tomoşabin e'tiborini jalb etadi. 

Klip bir sutka davomida 1 millionga yaqin tomoşa qilingan. 

Sony Music kompaniyasi joriy haftada Adel bilan 90 million funt sterlingga şartnoma imzolaş arafasida. Bu rekord darajadagi katta summa hisoblanadi.

Bu borada avvalgi rekordni Robbi Uilyams 2002 yilda 80 million funt sterlingga tuzilgan şartnomasi bilan örnatgan. Keyingi natijani esa 70 million funt sterling bilan Uitni Xyuston band etgan.