Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tojikistonlik mehnat muhojirlari halok bölgan Moskva Xovansk qabristonida sodir bölgan ommaviy tös-töpalon töğrisida öz xavotirini ma'lum qildi. Bu haqda u Rossiya içki işlar vaziri Vladimir Kolokoltsev bilan Duşanbeda bölib ötgan uçraşuvda bildirdi, deb xabar qilindi Tojikiston rahbarining rasmiy saytida. 

Matbuot xabarida keltirilişiça, Rahmon uçraşuv çoğida “Tojikiston-Rossiya strategik hamkorlik aloqalari işonçli ustuniga tayangan holda, ikkala davlatlar içki işlar vazirliklari örtasida aloqalarni mustahkamlaşning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi”.

Suhbat davomida Tojikiston prezidenti Xovansk mozorida “tojik mehnat muhojirlariga bezorilarça hujum” xususida öz xavotirini ham bildirgan. 
Rahmon uşbu nizo taşkilotçilari hamda aybdorlarini javobgarlikka tortiş uçun barça çoralarni köriş muhim ahamiyat kasb etişini alohida qayd etdi.