AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp faxriylar uçun bir neça million dollar miqdorida xayriya mablaği yiqqani haqida ma'lum qildi.
"Ha, men bunga majbur emasdim, lekin faxriylar uçun 5-6 mln dollar xayriya yiğdim, özim ham bizning faxriylarimiz uçun 1 mln dollar berdim. Bopladik!", deb yozgan milliarder öz tvitterida.
U şuningdek, yiğilgan pullarning katta qismi faxriylarga tarqatilgani, qolgan qismi turli taşkilotlarga berilişini bildirib ötgan.
"Hayron qolmang, men bu pullarni faxriylar uçun yiğdim. Holbuki noxolis jurnalistlar men haqimda yomon tasavvur hosil qilmoqçi böladi", deya qöşimça qilgan Tramp.







