Özbekiston Respublikasi hayvonot va ösimlik olamini qöriqlaş va undan oqilona foydalaniş böyiça davlat inspeksiyasi nazoratçilari çegara va bojxona organlari xodimlari bilan birga joriy yilning aprelida Özbekistondan Örta Osiyo toşbaqalarining olib çiqib ketilişiga urinişning oldini olişdi.

Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi ma'lumotlariga köra, tezkor tadbirlar davomida 2949 ta toşbaqa musodara qilingan.

Özbekistonning biologik zaxiralar va tabiatdan foydalaniş sohasida ruxsat oliş jarayonlaridan ötiş tartibi haqidagi qonunçilikka köra, noqonuniy  import yoki eksport qilişga urinişda uşlangan hayvonlar musodara qilinadi.

Barça toşbaqalar ularni saqlaş uçun mos şaroitlar yaratilgan maxsus pitomnikka topşirilgan. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiyalariga köra, toşbaqalardan bir qismi tabiiy yaşaş muhitiga qöyib yuborilgan.