Janubiy Koreyaning milliy birlaşiş işlari vazirligining tasdiqlaşiça, 24 may kuni Xitoydagi restoranlardan birida işlovçi bir guruh KXDR fuqarolari navbatdagi qoçişni uyuştirgan. Ularning asosiy maqsadi Koreya yarimoroliga yetib boriş bölgan.

23 may kuni “Ryonxap” agentligi bergan ma'lumotga köra, Xitoyning Sian şahridagi restoranlardan birida işlovçi uç nafar KXDR fuqarosi Janubiy Koreyaga qarab qoçgan. Aynan şu kuni Şanxaydagi koreys restoranida işlovçi uç nafar KXDR fuqarosi Tailand orqali Seulga ötişga harakat qilgan.

"Xorijda işlovçi şimoliy koreyaliklarning qoçişgani, rost gap. Ayni paytda biz ularning qayerda ekanliklarini tasdiqlay olmaymiz", — dedi vazirlik tomonidan ötkazilgan brifingdan iqtibos keltirirar ekan agentlik manbasi.