Kuni keça Alişer Navoiy nomli Özbekiston Milliy kutubxonasida “Janob” jurnalining ilk soni çiqişi munosabati bilan tadbir bölib ötdi.

Unda tahririyat xodimlari, “Planet press” MÇJ direktori Nodir Majidov, “Sabo” gazetasi boş muharriri Ma'pura Nabiyeva hamda kollej talabalari, kitobxonlar va kutubxona xodimlari iştirok etib, yangi jurnal haqida öz fikr-mulohazalarini bildirişgan. Jumladan, kollej talabasi Abror Hamroqulov jurnalda qiziqarli sahifalarning köpligini, ammo uning öqimişliligini yanada oşiriş uçun erkaklar salomatligi va sportga oid maqolalar berilişi lozimligini ta'kidlab ötgan.
Kutubxona xodimasi Şahnoza Ergaşova yoş yigitlarning muomala madaniyati, kattalarga bölgan hurmat-izzati va köça-köyda özlarini qanday tutişlari kerakligi haqidagi maqolalar köproq berilişi tarafdori bölgan.

Kitobxonlar esa erkaklarga oid jurnal oçilganligi ayni muddao bölganligini, şu bois bu naşr sahifalarida erkaklarning oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlovçi maqolalar, erkaklar oşpazligi va tadbirkorligi haqida qiziqarli ma'lumotlar çop etilişi haqida örinli fikr-mulohazalar bildirib ötgan.
Kutubxona xodimalari jurnalda “Qaynota” sahifasini taşkil etiş taklifini bildirib ötgan.

Bundan taşqari, jurnalning elektron saytini taşkil etiş haqida ham fikr-mulohazalar bildirib ötilgan.

Tadbir sönggida tahririyat xodimlari iştirokçilarni qiziqtirgan barça savollarga javob berişgan.









