24 may kuni Venada jinoyatçilikning oldini oliş va adliya komissiyasi 25-sessiyasida yovvoyi tabiatga nisbatan jinoyatçilik böyiça birinçi ma'ruza öqib eşittirildi. Bu haqida BMT yangiliklar markazi xabar berdi.
Ma'ruza mualliflari yovvoyi flora va fauna noyob turlarining noqonuniy savdosida uyuşgan jinoyatçilik tödalari hamda nodavlat qurollangan guruhlar iştirok etayotganligini ma'lum qildi. Ular nafaqat sayyoraning biologik rang-barangligiga ziyon yetkazişmoqda, balki qurolli mojarolarni yuzaga kelitirşmoqda.
BMT ekspertlari yovvoyi tabiat boyligi bilan noqonuniy savdo qiliş yuqori talabga ega ekanligidan hamda korrupsiya va davlat boşqaruvi zaifligi kabi omillar bilan tez-tez töqnaşayotganidan xavotirdalar. Ular dunyo hamjamiyatini bir butun bölib flora va faunaning noyob turlaridan şuba va mebel kabi narsalarni tayyorlaşga qarşi çiqişga çaqirdi.
BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilik Boşqarmasi boşliği Yuriy Fedotovning aytişiça, yovvoyi tabiatga nisbatan sodir etilgan jinoyatçilik transmilliy jinoyatçilikning eng murakkab turiga kiradi.
Yuriy Fedotovning ta'kidlaşiça, brakoner va kontrabandaçilarning qölidan eng köp jabr körayotgan jonivorlar - yölbarslar, Afrika fillari va karkidonlar. Biroq jinoyatçilar unça maşhur bölmagan hayvonlar va noyob ösimliklarga ham hujum qilişmoqda.
Ma'ruzada tezkor tergov faoliyat doirasida yovvoyi tabiatga tegişli noyob ösimlik va hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan boğliq 164 ming obekt qaytarib olinganligi ta'kidlandi. Jinoyatçilik faoliyatining obektlari röyxatidan dunyoning 120 mamlakatidagi yetti ming xil ösimlik va hayvonlar örin olgan.







