Xitoyning köçmas mulk va köngiloçar sohalar böyiça milliarderi Vang Jianlin Disney’ning Xitoydagi rejalarini, 10-20 yilga barbod qilişidan ogohlantirdi. 

Jianlinning aytişiça, öziga qaraşli Dalyan Vanda Grup (Dalian Wanda Group) kompaniyasi yirik köngiloçar parkini barpo etiş bilan Disneyning 5 mlrd dollarlik biznesini kasodga uçratişni rejalaştiryapti. Xitoydagi yirik Disneyland kelasi oy Şanxayda oçilişi kutilayapti. 

"Disney rostdan ham Xitoyga kelib xato qildi", - degan Vang Xitoy davlat televideniyesiga bergan intervyusida. "Uning moliyaviy istiqbollari, mening nazdimda unçalik ham yaxşi körinmayapti".

Uning fikriça, Şanxayning iqlimi, oçiq havoda köngiloçar park qurişga töğri kelmaydi. Bundan taşqari, Amerika kompaniyasi çipta narxlarining yuqoriligi sabab mijozlarni ham yöqotişi turgan gap. 

Disney’ning matbuot kotibasi esa, Vangning eslatmalari, javob qaytarişga arzimaydi, degan fikrni bildirgan.