Semizlik xastaligiga çalingan insonlar tana vaznini nazorat qiliş uçun gaz töldirilgan ballonlarni yutişi tavsiya etiladi.

Jorj Vaşington universitetining tibbiyot maktabi (Sent-Luis şahri, Missuri ştati) şifokori Şelbi Sallivan mazkur mavzuga qaratilgan ma'ruzasini San-Diyegodagi oşqozon kasalliklariga bağişlanggan an'anaviy haftalikda taqdim etdi. Bu haqida EurekAlert naşri xabar beradi.

Olimlar tomonidan taqdim etilgan tizim yordamida TVI (tana vazni indeksi)ga ega insonlar yarim yil içida tana vaznining deyarli yetti foiziga yaqinidan xalos bölişga erişişdi. Şuningdek, bemorlarda qon bosimi va xolesterin miqdori körsatkiçlari ham yaxşilandi. 

Olimlar fikriga köra, gazga töldirilgan havo şarlaridan foydalaniş bemorlarga tana oğirligining yarmidan xalos bölişga yordam beradi. Amerikalik şifokor ötkazgan tadqiqot 387 nafar bemorni (ular orasiga nazorat guruhi ham kiradi) kuzatişga asoslandi. 

Yarim yil mobaynida iştirokçilarga bir kapsuladan uç haftada bir marotaba yutiş tavsiya qilingan. Bu obektlar keyinroq maxsus kateter orqali gazli azotlar (250 santimetr hajmidagi)ga töldirildi. Nazorat guruhidagi kişilar esa şakarga töldirilgan kapsulalarni yutişdi. Iştirokçilarga qanday kapsulalar berilgani oşkor etilmadi. 

Gazli şarlardan foydalangan iştirokçilar örtaça hisobda 6,81 foizga vazn yöqotişga muvaffaq bölişdi. Nazorat guruhidagilar esa  3,59 foizgagina ozişdi. Maqsadli guruhda jami ozganlar soni nazorat guruhidagilarga nisbatan ikki marotaba köproq böldi.