Farğona şahrida oliy öquv yurtlari talabalari örtasida bölib ötadigan «Universiada – 2016» sport öyinlarining final bosqiçiga tayyorgarlik va tadbir jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritiş masalasiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Tadbirda madaniyat va sport işlari vazirining birinçi örinbosari M. Aliyev, musobaqalarni ötkazuvçi ştab boşliği Ş. Şaripov va boşqalar uşbu musobaqaga körilayotgan tayyorgarlik haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanişiça, viloyatda musobaqaga katta tayyorgarlik körildi. Jumladan, Farğona, Ma'rifat, Murabbiylar kabi markaziy köçalar tubdan ta'mirlanib, qariyb 5 kilometrlik yöl rekonstruksiya qilindi. Bellaşuvlar ötkaziladigan 29 obektda keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Sport zallari jahon andozalari darajasida jihozlanmoqda.

Farğona davlat universiteti, Farğona politexnika instituti va boşqa sport maskanlari iştirokçilar uçun şay holatda. «Universiada – 2016» finali qatnaşçilarining yaşaşi, ovqatlanişi va mazmunli dam olişi uçun barça şaroit yaratilgan.

Universiada öyinlariga tayyorgarlik köriş jarayoni va musobaqalar davomida uni yoritib boradigan matbuot markazi va veb-sayt guruhi taşkil etilgan. Universiadaga tayyorgarlik, uning iştirokçilari, musobaqalar ötadigan manzillar va boşqa ma'lumotlar bilan «Universiada-2016.uz» veb-sayt orqali tanişiş mumkin. Musobaqa kundaligi va natijalari 4 xorijiy tilda butun dunyoga tarqatib boriladi.

Joriy yilda uşbu sport bayrami yettinçi bor ötkazilmoqda. Final bosqiçida Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahridan 14 terma jamoa voleybol, qöl töpi, futbol, yengil atletika, suziş, şaxmat, oğir atletika, dzyudo, basketbol, yunon-rum kuraşi, erkin kuraş, boks, taekvondo, tennis, stol tennisi böyiça özaro bahs olib boradi.