"Gazprom" 2015 yilda Özbekiston va Qozoğistondan olinadigan gaz narxini pasaytirişni kelişib olgan, deyilmoqda kompaniya hujjatlarida. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Özbekiston va Qozoğistondan olinadigan gaz narxini pasaytirişga kelişib olindi", deyilmoqda hujjatda.

"Gazprom"ning ta'kidlaşiça, 2015 yilda Turkmanistondan gaz sotib oliş hajmi ança qisqartirilgan. 

Kompaniya rahbari örinbosari Aleksandr Medvedevning yanvarda ma'lum qilganidek, "Gazprom"ning "Turkmangaz" bilan şartnomasi Turkmaniston tomonidan gaz narxi bilan boğliq konstruktiv pozitsiya namoyon qilinmagani sababli bekor qilingan. Medvedevning ta'kidlaşiça, "Gazprom" Turkmaniston tomonidan özaro manfaatli yeçimni topişga istak yöqligi sababli hakamlik sudiga da'vo arizasi topşirgan.

Kompaniyadagi manbaning TASS axborot agentligiga avvalroq ma'lum qilişiça, "Gazprom eksport" "Turkmangaz"ni joriy yilning 1 yanvaridan turkman gazini sotib olişni töxtatişi haqida xabardor qilgan. Şu bilan bir vaqtda kompaniya 2016 yil 1 yanvardan Özbekistondan tabiiy gaz sotib oliş hajmini oşirdi. Özbek gazini sotib olişni köpaytiriş böyiça kelişuvga ötgan yilning dekabrida erişilgan.  

Agentlik manbasi ma'lumotlariga köra, 2016 yilda sotib olinadigan özbek gazi hajmi 3,1 mlrd kub metrdan oşişi mumkin. 2015 yilda şunça hajmdagi gaz Turkmanistondan sotib olingan.