Qozoğistonning Atirau şahri ma'muriy sudi şahar Içki işlar departamentining sobiq xodimlari bölgan 2 şaxsni Özbekiston fuqarolariga nisbatan talonçilik qilganlikda ayblab sud qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews.kz naşri xabar tarqatgan.
Iş hujjatlariga köra, ayblanuvçilar 2015 yilning iyulida özlarini Migratsiya politsiyasi vakillari sifatida körsatib, Özbekiston fuqarosini "tuzoqqa tuşirişgan". Ular özbekistonlik muhojirdan hujjat talab qilib, uni qörqitişgan hamda pullarini va telefonini olib qöyişgan. Keyinroq ular yana 5 nafar özbekistonlikka nisbatan şunday talonçilik jinoyatlarini amalga oşirgan. Ular ömargan jami boylik miqdori 800 ming tengedan ortiqni taşkil qilgan.
Sud sobiq politsiyaçilarni "Talonçilik" va "Firibgarlik" moddalari böyiça aybdor deb topib, ularga 4 yildan ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinladi hamda ular huquqni muhofaza qiliş organlarida umrbodga işlay olmasligi böyiça hukm çiqarildi. Şuningdek, ular unvonlaridan mahrum etilgan.







