Joriy haftada Hollivud yulduzlari Jonni Depp va Jyennifer Enistonning onalari hayotdan köz yumişdi.

ET Online'ning xabar qilişiça, Deppning onasi - Betti Syu Palmer - 20 may kuni Los-Anjyelesda uzoq davom etgan kasallikdan söng jon bergan. U 81 yoşda edi. 

Depp onasining ölimini oğir qabul qilgan.

Tanasiga onasining ismini yozdirgan aktyor hozirda "Alisa oyna orti mamlakatida" filmiga bağişlangan matbuot turida. 23 may kuni u Jimmi Kimmelning şousida iştirok etdi. Bu vaqtda esa aktyorning turmuş örtoği aktrisa Ember Hyord ajraşişga ariza bergan. 

Enistonning onasi Nensi Dou esa 79 yoşida vafot etdi. Bu haqida Enistonning özi US Magazine naşriga xabar bergan. Aktrisaning sözlariga köra, Dou ham uzoq vaqt kasallik bilan kuraşib yaqin qarindoşlar va döstlari qurşovida hayotdan köz yumgan.