Germaniya taşqi işlar vaziri Frank Valter Ştaynmayyer Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum qilingan ukrainalik harbiy uçuvçi Nadejda Savçenkoning rossiyaliklar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almaştirilişi Rossiya va Ukraina örtasidagi özaro işonçning mustahkamlanişiga ijobiy ta'sir qilişiga işonçi komilligini aytdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle naşri.
Ştaynmayyer Savçenkoning ozod etilişining Minsk kelişuvlarining amalga oşirilişi jarayoniga "ijobiy impuls" berişini qöşimça qildi.
"Bu biz işlagan, biroq natijasini uzoq kutgan yaxşi yangilikdir. Men baxtiyorman va özimni yengil his qilmoqdaman", deb aytdi Ştaynmayyer.
Bundan taşqari, Ştaynmayyer Savçenkoga uning işi böyiça qarorning qabul qilinişi davomida putur yetgan soğliğini tiklab olişini tilab qoldi va uning barça öylari u va uning oilasi" bilan ekanligini qöşimça qildi.







