Şvyyetsariyaning Bazel-Land kantonida musulmon maktab öquvçilariga öz ustozlari bilan qöl uzatib söraşiş majburiyatini qöyişdi. Bu haqida The Local naşri xabar berdi.

Majburiyat bajarilmagan taqdirda maktab öquvçilarining ota-onalari 5 ming frank miqdorida jarima tölaşadi. 

Ikki oy avval maktab öquvçilari ustozi begona ayol kişi bölganligi uçun u bilan söraşişdan boş tortişgan va oila a'zosi bölmagan kişi bilan körişiş ularning diniga töğri kelmasligini aytişgan. Mazkur voqeadan söng maktab nizomiga özgartiriş kiritilgan. 

Bu voqea jamiyat örtasida noroziliklarni keltirib çiqardi, çunki Şveytsariyada bolalarni yoşlik çoğidanoq hurmat belgisi sifatida qöl uzatib söraşişga örgatişadi. Maktab öquvçilarning hatti-harakati jinsiy kamsitiş va mamlakat madaniyatini haqorat etiş sifatida tuşunildi. 

Ta'lim va madaniyat bölimining rasmiy e'lonida aytilişiça, jamiyatda jinsiy tenglikka qiziqiş va xorijliklarni integratsiya qiliş masalalari öquvçilarning diniy erkinligidan muhimroq hisoblanadi.