Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan boşçiligida 25 mayda ötgan, Turkiyaning yangi vazirlar mahkamasining birinçi yiğilişida boş vazir örinbosarlari javobgarlik sohalari belgilab olindi. Ularni boş vazir örinbosari Nö'mon Kurtulmuş Anqarada jurnalistlarga eşittirdi.

Majburiyatlarning taqsimlanişiga köra, Turkiyaning yangi boş vaziri Binoli Yildirim xavfsizlik masalalarini boşqaradi, bevosita unga Turkiya içki işlar vazirligi va Milliy razvedka taşkiloti böysunadi. Şuningdek, uning qöl ostida boş vazir ma'muriyatidagi axborot va matbuot departamenti böladi. 

Boş vazir örinbosari Nuriddin Joniqli parlament bilan aloqaga javob beradi va investitsiyalaş va suğurtalaş işlarini olib boradi.

Boş vazir örinbosari Mexmet Şimşekning zimmasiga ğazna va bank sohasi, jumladan Markaziy bank topşiriladi. 

Boş vazir örinbosari Tuğrul Tyurkeş Kipr ixtilofini tartibga soliş, xorijiy turk jamoalari va disporalarini boşqaradi. 

Boş vazir örinbosari Veysi Qaynaq inson huquqlari, şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş masalalari bilan şuğullanadi, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar böyiça departamentni nazorat qiladi.

Boş vazir örinbosari Nö'mon Kurtulmuş davlat kengaşi, jamoatçilik taşkilotlari, davlat televideniyesi va radioni nazorat qiladi, uning zimmasida Anadolu axborot agentligi böladi.

Avvalroq Erdöğan Turkiyaning yangi vazirlar mahkamasi tarkibini tasdiqlagandi. Boş vazir Yildirim hukumat dasturini parlament yiğilişida taqdim qildi. Parlament kelayotgan yakşanba kuni vazirlar mahkamasiga işonç bildiriş böyiça votum çiqarişi kerak.