Turkmaniston 29 maygaça mamlakatga soddalaştirilgan tartibda taşrif buyuruvçi xorijlik fuqarolar uçun kirişni taqiqlab qöydi. Bu haqida Qozoğiston yangiliklari axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Çegara hududlarida qöşni respublika rahbarlarining taşrifi munosabati bilan Turkmaniston çegaralarida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Şunga köra, 29 mayga qadar mamlakatga soddalaştirilgan tartibda taşrif buyuruvçi xorijlik fuqarolar uçun kiriş vaqtinçalik ta'qiqlab qöyildi", — deyiladi xabarda.