Sentyabrda Qirğiziston poytaxti Bişkek şahriga ŞHT davlatlarining moliya vazirlari yiğiladi va ŞHT taraqqiyot bankini taşkil etiş masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda Qozoğiston TIV rahbari Yerlan Idrisov ma'lum qilgan.
U ŞHT doirasida savdo va iqtisodiy sohalarni rivojlantiriş borasida köplab rejalar mavjudligini qayd etgan. Taşkilot a'zolari özaro hamkorlik doirasida Taraqqiyot bankini taşkil etiş ustida jiddiy iş olib borişi aytilgan.







