Facebook va Microsoft kompaniyalari özaro hamkorlikda ğayritabiiy loyihaga qöl urişdi. Ular Atlantika okeanidan uzunligi 6,6 ming km. bölgan internet-kabel yotqizişni rejalaştirişyapti. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bergan.
Ma'lumotlarga köra, kabel Virjiniya qirğoqlaridan boşlanib, Ispaniyaga qadar davom etadi va “soniyasiga 160 terabayt” tezlikda işlaydi. Şu ma'noda mazkur kabel amaldagisiga qaraganda yuqori quvvatda işlaydi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, loyihani amalga oşiriş joriy yilning avgust oyidan boşlanadi va bir yil davom etadi. Facebook va Microsoft’ning bu işdagi hamkorlari Ispaniyaning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi bölmiş Telefonica hamda Telxius hisoblanadi.







