Qirğizistonda maktab öquvçisi GAZ-53 yuk maşinasida sinfdoşini bosib ketdi. Bu haqda 24.kg axborot agentligiga Talas viloyati içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati boş nazoratçisi Maksat Abdiseyitov ma'lum qildi.

"9-sinf öquvçisi GAZ-53 yuk maşinasida dam olgani borgan, orqaga harakatlanayotganda uning sinfdoşi yurayotgan maşinaga ötirmoqçi bölgan, biroq yiqilib tuşgan va maşina uning ustidan ötib ketgan. Favqulodda voqea vaqtida yon atrofda kattalar bölmagan", deb aytdi Abdiseyitov.

Fojia 24 mayda Talas tumanining Oq Qayin degan joyida yuz bergan. Ösmir şifoxonaga olib kelingan, biroq öziga kelmay vafot etgan. Yuk maşinasini boşqargan ösmir esa karaxt holatda şifoxonaga yotqazilgan.

IIBda ma'lum qilinişiça, bir guruh öquvçilar öqituvçilari va ota-onalariga ma'lum qilmay, ekskursiyaga borişgan. Yuk maşinasi öquvçining otasiga tegişli bölgan.

Ayni vaqtda uşbu fojia yuzasidan tergov olib borilmoqda.