Xitoy G7 davlatlarining qöşma deklaratsiyasida aks ettirilgan Janubiy-Xitoy dengizi böyiça «katta yettilik» mamlakatlarining bayonotiga butunlay norozilik bildirdi. Bu haqida XXR TIV rasmiy vakili Xua Çunin juma kuni brifingda ma'lum qildi. 

“Katta yettilik” mamlakati yetakçilari Yaponiyadagi sammit yakunlari böyiça qöşma deklaratsiya va yana bir qator hujjatlarni qabul qilişdi. Deklaratsiyada global iqtisodiy ösiş çora-tadbirlarini tarğib qiliş, terrorizm va korrupsiyaga qarşi kuraşişda umumiy töxtamga keliş, şuningdek, xalqaro muammolarni keng kölamda hal etişga kelişildi. Deklaratsiyada yozilişiça, G7 yetakçilari Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyat qanday tus oladi va uni tinçlik yöli hamda xalqaro huquq asosida qanday hal etilişidan taşvişda. 

"Janubiy-Xitoy dengizida Xitoy amalga oşirayotgan işlar bizning suverenitetimizga muvofiqdir... Biz mazkur bayonotdan butunlay norozimiz", — deydi Xua Çunin.

Uning sözlariga köra, G7 davlatlari Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy kelişmovçiliklar masalasida yakdil fikrga kelişi va mintaqada tinçlik, barqarorlikni saqlab qoliş uçun köproq iş qilişi lozim.

Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe boşçiligida G7 sammitida davlat rahbarlari Barak Obama (AQŞ), Fransua Olland (Fransiya), Angela Merkel (Germaniya), Devid Kemeron (Buyuk Britaniya), Matteo Rentsi (Italiya) va Jastin Tryudo (Kanada), şuningdek, Yevropa kengaşi va Yevrokomissiya raislari Donald Tusk hamda Jan-Klod Yunker iştirok etişdi.

Xitoy va hududdagi bir qator mamlakatlar — Yaponiya, Vetnam va Filippin örtasida Janubiy-Xitoy va Şarqiy-Xitoy dengizi çegaralari ustida özaro kelişmovçiliklar mavjud. XXR Filippin va Vetnam kabi qator davlatlar hududda keskin vaziyatlar avj olişi uçun atayin AQŞ yordamidan foydalanadi, deb hisoblaydi.