Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi Yunsindao (Vudi, Parasel orollari) oroliga uçuvçisiz ayğoqçi samolyotlarini joylaştirdi, deb xabar qilmoqda "Sina" axborot portali.
Ma'lumotlarga köra, uzoq masofaga uçuvçi Harbin BZK-005 apparati ilk marotaba orolning sun'iy yöldoş orqali olingan suratida qayd etilgan. U 40 soat mobaynida havoda uça oladi. Şunga köra, undan razvedka va patrullik amaliyotlarini ötkaziş maqsadida foydalaniş mumkin.
Oxirgi vaqtlarda, Xitoy arxipelagdagi harbiy infratuzilmalarni faol ravişda kuçaytirmoqda. Xususan, Yunsindao oroliga ikkita HQ-9 zenit-raketa majmualari, J-11 qiruvçi va JH-7 qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari batareyalari joylaştirilgan. Bundan taşqari, örta masofaga uça oladigan kemalarga qarşi YJ-62 raketalari ham bor.







