Şimoliy Koreya uning çegarasini buzib ötuvçi Janubning har qanday kemasini sözsiz öqqa tutişi haqida pöpisa qildi, deb xabar bermoqda «Renxap». Sariq dengizdagi demarkatsiya qilingan çegara çiziği Koreya yarim orolidagi bahsli hudud sanaladi.
KXDR armiyasi boş ştabi bu qarorni şimolliklarning baliqçi yoki patrul kemalari çegara çiziqlarini kesib ötganda janubliklarning harbiy-havo kuçlari havoga qarata öq otişganidan söng qabul qildi.
«Şunday ekan Janubiy Koreyaning biror bir qayiği yoki kemasi harbiy demorkatsiya qilingan çiziqdan 0,001 mm kesib ötgan taqdirda ham ularga qarata ogohlantirişsiz öt oçiladi», — deb iqtibos keltiradi Koreya markaziy telegraf agentligi öz xabarida.







