Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ukrainalik uçuvçi Nadejda Savçenkoni topşiriş masalasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan ança avval muhokama qilingani haqida bayonot berdi.

«Savçenkoni almaştiriş — qaytariş, afv etiş masalasiga kelsak. Biz bu masalani prezident Poroşenko bilan ança avval muhokama qilganmiz. Bizning oldimizda turgan birinçi galdagi vazifa, Ukraina sudi tomonidan sudlangan ikki rossiyalikni qaytariş masalasi edi», — deb oydinlik kiritgan Vladimir Putin Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras bilan Afinada ötkazgan muloqoti yakunida. 

25 may kuni Nadejda Savçenko rossiyalik Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovlarga almaştirilgan edi. Ularni prezidentlar Vladimir Putin va Pyotr Poroşenko afv etgandi.