Örta Yer dengizidagi navbatdagi muhojirlar qayiği falokati oqibatida kamida 45 kişi halok böldi, önlab odamlar bedarak yöqolgan.
Noqonuniy muhojirlar bölgan qayiq Liviya sohilidan 35 dengiz mili uzoqligida töntarilib ketib, çökib ketgan. Italiyaning Vega kemasi 135 kişini qutqarib qolgan, deb xabar bermoqda Italiya sohilböyi qöriqlaş xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Çökib ketgan qayiq bortida qança odam bölgani noma'lum. Asrab qolingan muhojirlarning aytişiça, gap 100 ga yaqin bedarak yöqolgan odamlar haqida ketmoqda.
Fojia hududida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unda Vega kemasi va qutqaruv katerlari iştirok etmoqda.
Joriy yilda Örta Yer dengizida kamida 3,7 ming noqonuniy muhojir çökib ketgan.







