«Mançester Yunayted» «PSJ» futbolçisi Zlatan Ibrahimoviçni öz tarkibiga qöşib olişdan voz keçgan.

The Times naşrining xabar berişiça, 34 yoşli şvetsiyalik hujumçining agenti Mino Rayola bilan ötkazilgan muzokaralardan keyin «qizil iblislar»ning yangi boş murabbiyi Joze Mourino Ibrahimoviçdan köra yoşroq futbolçi bilan şartnoma tuziş qaroriga kelgan. Bular Mauro Ikardi («Inter») yoki Per-Emerik Obameyang («Borussiya» D) bölişi mumkin.

Mavsum yakuniga köra, erkin agentga aylanadigan Ibrahimoviç esa faoliyatini Xitoy, MLS yoki Qatarda davom ettirişi taxmin qilinmoqda.

Mavsumlar oraliğida Mourino 3ta çiziq uçun uç nafar yulduz futbolçi transfer qilişni rejalaştirgan – markaziy himoyaçi, markaziy yarim himoyaçi (Pol Pogba, «Yuventus») va markaziy hujumçi.