IŞIDning Falujadagi bazalari qurşab olindi, deb xabar qilgan Iroq generali Hamid al-Malikiy mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan videolavhada.
Iroq armiyasi, mamlakat va koalitsiya harbiy havo kuçlarining kömagi bilan Iroqning Faluja şahrini terrorçilardan ozod etiş amaliyotini boşlagan. Iroqlik harbiylar 30 may kuni Falujaning bir qança çekka qişloqlarida nazoratni öz qöllariga olişgan.
Iroq harbiylari oldidagi galdagi vazifa esa, şaharning markazigaça kirib boriş va jangarilarni siqib çiqarişdan iboratdir. Ammo bu harbiy amaliyotning eng xavfli bosqiçi hamdir, deb xabar qilmoqda SNN telekanali.
Al-Malikiyning aytişiça, mazkur jangovar harakatlarda havo kuçlarining yordami beqiyosdir. Ular IŞID jangçilarini boşpanalaridan çiqarib, qurol-yaroğlarini vayron qilmoqda.
BMT qoçoqlar masalalari böyiça agentligi, Iroqning Faluja şahrida jangovar harakatlar keskinlaşayotgan hamda jangarilar egallab turgan hududlarni bombardimon qiliş kuçayib borayotgan bir vaqtda, 50 mingga yaqin tinç aholi vakilining hayoti xavf ostida ekanidan ogohlantirmoqda.
Xabarlarga köra, jangarilar tomonida uruşişdan boş tortayotgan falujalik ösmirlar va erkak kişilarni qatl qiliş hollari tobora köpayib boryapti. Yuzlab ayollar va bolalar esa, vatanlarini taşlab qoçişga majbur bölişmoqda.
Xususan, xavfsizlik kuçlari, 760 nafarga yaqin kişini Faluja şarqiy va janubi-şarqiy hududlarida qutqargan. Bundan taşqari, şaharda oziq-ovqat tanqisligi tobora kuçaymoqda. U yerda asosan yegulik sifatida xurmolardan foydalanilmoqda.







