Bugun, 30 may kuni Toşkent şahar hokimligida poytaxtdagi yöllarda olib borilayotgan quriliş, ta'mirlaş işlariga bağişlangan brifingda Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi joriy yil yakunigaça ta'mirlanadigan yöl va yölaklar röyxatini ma'lum qildi. 

Şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasidan olingan ma'lumotlarga köra, joriy yil yakuniga qadar   şahar va tumanlar tasarrufidagi yöl va yölaklarni butkul va joriy ta'mirlaş rejalari quyidagiça:

1. H.Boyqaro köçasi (DSN binosidan Bektemir yöli köçasigaça bölgan oraliq);
2. Nukus köçasi (Bobur köçasidan Taraqqiyot köçasidagi transport tonneligaça bölgan oraliqda bordyur almaştiriş);
3. Qorasaroy köçasi (A.Qodiriy köçasidan Qumloq köçasigaça bölgan oraliq);
4. Beşyoğoç köçasi (Samarqand darvoza köçasidan Masjid binosigaça bölgan oraliq);
5. Katta Qa'ni köçasi (Foziltepa köçasidan Al-Xorazmiy köçasigaça bölgan oraliq);
6. Yangi Yunusobod köçasi (Yangi Şahar köçasidan TAHYgaça  bölgan oraliq);
7. Bobur köçasi (Aeroport yöli ötkazgiçidan Nukus köçasigaça bölgan oraliqda bordyur almaştiriş);
8. Beşariq köçasi ( Izzat köçasidan 48-köp qavatli uygaça bölgan oraliq);
9. Yangi Baynalmilal köçasida yöl va yölaklarni avtoturargoh bilan birga butkul ta'mirlaş;
10. Bobur köçasi (Aeroport maydonidan Şota Rustaveli  köçasigaça bölgan oraliq);
11. Nukus köçasi (Bobur köçasidan Taraqqiyot köçasigaça  bölgan oraliq);
12. Yahyo Ğulomov köçasi (Mustaqillik şox köçasidan Istiqbol köçasigaça bölgan oraliq);
13. Abdulla Qodiriy köçasi (Raşidov köçasidan Qori Niyoziy köçasigaça bölgan oraliq).

Ta'mirlaş işlari 2016 yil yakuniga qadar tugatilişi közda tutilgan.