2 iyunga belgilangan Özbekiston - Ekvator Gvineyaci xalqaro örtoqlik uçraşuvi bekor qilindi. Bu taşabbus Ekvator Gvineyasi futbol federatsiyasi tomonidan bildirilgan.
Ekvator Gvineyasi futbol federatsiyasi boş kotibi Tadeo Nsuye Onva imzolagan xatda aytilişiça, Afrika Konfederatsiyasining yöriğiga köra Afrika Millatlar Kubogining saralaşi doirasida ötkazilişi kerak bölgan Ekvator Gvineyasi-Benin öyini 3 iyun kuni ötkazilişi mumkin. Şu sababli Ekvator Gvineyasi Özbekiston terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvini ötkaziş uçun Toşkentga kela olmasligini ma'lum qilgan.
«Biz Özbekiston Futbol Federatsiyasidan uzr söraymiz va uşbu öyinning yaqin vaqt içida ötkazilişiga umid qilib qolamiz», - deb yakunlanadi Ekvator Gvineyasi futbol federatsiyasi boş kotibining maktubi.
Özbekiston Futbol Federatsiyasi Özbekiston-Ekvator Gvineyasi uçraşuviga sotilgan çiptalarni qaytarib oliş mas'uliyatini öz böyniga oladi.
Mazkur öyin uçun 28 may kuni çiptalar sotilişi boşlangan, çiptalar narxi barça kategoriyalar uçun 15 ming söm, CIP kategoriya uçun esa 30 ming söm qilib belgilangandi.
Qayd etiş joiz, 13 may kuni Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati 2 iyun kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida Özbekiston milliy termasi Qirğizistonga qarşi maydonga tuşişini xabar qilgandi. Ammo 21 may kuni ÖFF matbuot xizmati bu uçraşuv bekor qilinganini xabar berdi.
Özbekiston milliy terma jamoasi 4 iyun kuni Avstriyaga yiğin ötkaziş uçun jönab ketişi rejalaştirilgan.
7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi belgilangan. Hozirça bu uçraşuv bekor qilinişi ehtimoli haqida xabarlar yöq.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi JÇ–2018 turniri 3-saralaş bosqiçidagi ilk uçraşuvini şu yilning 1 sentabr kuni Toşkentda Suriya terma jamoasiga qarşi ötkazadi.







