EgyptAir aviakompaniyasi samolyotining halokatidan söng, Yevropa aviasozlik konserni samolyotlarda katapulta qilinuvçi "qora qutilar" örnatiş taşabbusini ilgari surmoqda, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi Airbus boş muhandisiga tayangan holda.

"Agar bizda baxtsiz hodisalar vaqtida katapulta qilinadigan öziyozar qurilmalar bölsa, uni topiş osonroq bölardi", —deb bayonot bergan Airbus kompaniyasi ijroçi vitse-prezidenti Çarlz Çempion (Charles Champion), kompaniya buning ustida iş olib borayotganini qöşimça qilar ekan. 

Agentlikning qayd etişiça, bunday öziyozar qurilmalari samolyot halokati vaqtida uning dum qismidan ajralib, suv yuzasida halokat signalini berib turişi, uni topişda qöl keladi. 

EgyptAirga qaraşli A320 yölovçi samolyoti Parijdan Qohiraga parvozni amalga oşirayotgan vaqtda, 19 may kuni ertalab Örta yer dingizi osmonida radarlardan yöqolib qolgan edi. Uning bortida 66 kişi bölgan. Havo laynerining parçalari Iskandariya şahridan  290 km şimolda topilgandi. 

A320ning qora qutilari esa, dengiz tubida yotibdi. U, 30 kungaça signal berib tura oladi. Ayni vaqtda, u dengizdan olib çiqiş uçun Fransiya harbiy dengiz kuçlarining Laplace kemasi hududga yetib kelgan.