«Inter» jamoasi xöjayini Erik Tohir klub aksiyalarining nazorat paketini yaqin vaqt içida osiyolik investorlarga sotadi.

Avvalroq Xitoyning Suning Group konglomerati milanliklarning 20 foiz aksiyasini sotib olişi haqida xabar berilgan edi, biroq sönggi ma'lumotlarga köra, xitoyliklar 70 foiz aksiyani sotib oladi.

Taxminlarga köra, savdo iyun oyi oxirigaça amalga oşadi. Ma'lumot uçun, Suning Group Xitoy Superligasida iştirok etuvçi «Tszyansu Sunin» klubiga egalik qiladi.

Suning Commerce Group elektr anjomlari işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanadi. Xitoy, Hongkong va Yaponiyada 1600dan oşiq dökoni bor. Yillik tovar aylanmasi 400 mlrd dollarni taşkil qiladi.

«Inter»ning yangi xöjayini bölişi kutilayotgan Çjan Jindon Xitoyning eng boy odamlari röyxatida 28-örinda turadi, u XXR hukumati a'zosi hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, «Inter»ning 30 foiz aksiyasi Massimo Morattiga tegişli. Tohir esa özining 70 foizlik aksiyasining 40 foizini sotişi mumkin. Jamoa sotilgan taqdirda ham Erik Tohir klub prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.