Kolumbiya huquq posbonlari, bortida 650 kg kokain bölgan tezyurar qayiqni uşladi, deb xabar qilmoqda mahalliy hukumat rasmiylari.
20 minutos portali xabar qilişiça, qayiq Karib dengizidagi San-Andres orolida uşlangan. Unda, 650 kilogramm taqiqlangan giyohvand moddasi va uç nafar ekipaj a'zosi borligi aniqlangan. Ularning ikki nafari kolumbiyalik, biri gonduraslik bölgan. Ularning barçasi uşlangan.
Hukumat hisoblariga köra, musodara qilingan mollarning "qora bozor"dagi narxi taxminan 20 mln dollar turadi. Kokain partiyasi dengiz yöli orqali Gondurasdan AQŞga ötkaziş uçun yuborilgan bölgan.







