Özbekiston terma jamoasining 2 iyun kuniga belgilangan örtoqlik uçraşuvi ikki marta bekor bölgani futbol muxlislarining ğazabini junbişga keltirmoqda. Alamzada futbol muxlislari Özbekiston terma jamoasini özlari bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazişga çorlamoqda.
Bugun feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi guruhlardan biriga bir guruh muxlislar nomidan post qöygan foydalanuvçi postida öz avtomobilining orqa oynasiga Özbekiston MTJga murojaatini joylaştirgani körsatilgan suratni köriş mumkin. Murojaatda professional futbolçilik bilan şuğullanmaydigan futbol işqibozlari örtoqlik uçraşuvi uçun raqib topa olmayotgan milliy terma jamoani özaro uçraşuv ötkazişga çaqirilgan. U mahalla bolalari MTJga qarşi 2 kişi kam bölib öynab, raqibning har goliga 2tadan javob qaytara olişini iddao qilgan.
U Özbekistonda futbolçilik bilan şuğullanmaydigan va terma jamoa futbolçilaridan zörroq öynaydigan yigitlar juda köpligini qöşimça qilgan.
Undan agar terma jamoa bu "yarmi hazil, yarmi çin" taklifni qabul qilgudek bölsa, qanday yöl tutilişi söralganida, voqealarning bunday tadrijiga tayyorligi, ma'lum kun belgilansa, tarkib tuzib, öyin ötkaza olişlarini aytgan.
U bu taşabbusi orqali Özbekiston futbolida yuzaga kelayotgan muammolarga e'tibor qaratiş istagida ekanini bildirgan.
FIFA kunlari doirasida 2 iyun kuniga avvaliga Qirğiziston bilan, keyinroq esa Ekvator Gvineyasi termasiga qarşi öyinlar ötkazilmaydigan böldi.
Bu vaziyat keyingi ikki kunda ijtimoiy tarmoqlarda özbek sferasi tomonidan eng köp muhokama qilinayotgan mavzu bölib turibdi.







