Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Bahrom Aşrafxonov Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlanib ötkazilgan 21-xayriya turnirida iştirok etib, "eng yaxşi golf öynovçi elçi" sifatida tan olindi. Bu haqda "Interfaks" agentligi xabar tarqatgan.
Diplomatik korpus uçun xizmat boş boşqarmasining Moskva şahri yaqinida joylaşgan filiali maydonida ötkazilgan turnirda xayriya mablağlari yiğilgan. Keyingi 20 yil davomida bunday sport marosimlari orqali 80 million rubldan ortiq xayriya mablaği bolalar uçun yönaltirilgan. Şuningdek, turnir golf sportini ommalaştirişga xizmat qiladi.
Rossiya olimpiya qömitasi prezidenti Aleksandr Jukov va Rossiya golf assotsiatsiyasi rahbari Boris Xristenko yiğilganlarga öz nutqlari bilan murojaat qilişgan.
Joriy yilda diplomatik korpus nomidan Avstraliya, Vetnam, Malayziya, Kot-D-Ivuar, Laos elçixonalari diplomatlari qatnaşdi.
Bahrom Aşrafxonov Özbekistonning Rossiyadagi elçisi etib tayinlangani 2016 yil fevralida ma'lum bölgan edi. U bungaça Moliya vaziri örinbosari – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği lavozimida işlagan.







