Hindistonning 2016 yil 1-çorakdagi iqtisodiy ösiş sur'atlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,9 foizni taşkil qildi, deb xabar bermoqda The Financial Times naşri.
2015 yilning 4-çoragida Hindiston yalpi içki mahsuloti 7,2 foizga ösdi. Taqqoslaş uçun, Xitoy iqtisodiyoti yanvar-martda 6,7 foizga sekinlaşdi. Şu tariqa, ikki davlat örtasidagi ösiş sur'atlari bir foizlik punktdan oşdi.
Saylovçilardan bir qismi Hindiston boş vaziri Narendra Modi va yetakçi BDP (Bxaratiya janata parti) partiyasini har oy million iş örni yaratiş haqidagi va'dasini bajarmayotganlikda ayblamoqdalar. Yoş hindistonliklarni iş bilan ta'minlaş uçun aynan şunça miqdordagi iş örni zarur.
Asr boşidan boşlab ötgan yilgaça Xitoy dunyoning eng yirik davlatlari örtasida YaIM ösişi böyiça yetakçi bölib kelayotgandi. 2009 yilgaça Xitoy iqtisodiyoti yiliga örtaça 9-10 foizga, oxirgi yillarda esa 7-8 foizga ösayotgandi.
Xitoy YaIM ösişi sur'atlari 2010-yillarning örtalariga kelib işçi kuçi qiymatining oşigi, iqtisodiyotning haddan taşqari kreditlaşgani sababli sekinlaşa boşlagan. Biroq Xitoy YaIM hajmi böyiça hanuzgaça yirik rivojlanayotgan davlatlar – Braziliya, Hindiston va Rossiyaning YaIM hajmlari birgalikda olinganidan köproqni taşkil qiladi.







