EgyptAir aviakompaniyasi havo laynerining Örta yer dengizida halokatga uçraşidan bir kun avval, uning tizimida kamida 3ta nosozlik qayd etilgan, deb xabar qilmoqda Le Parisien gazetasi.

Xabarlarga köra, nosozlik töğrisidagi şubhali signallar, texnik parametrlarni kuzatiş tizimi ACARS tomonidan berilgan. Bu signallar Eritreya poytaxti Asmera, Tunis şahri hamda Misr poytaxti Qohiradan uçiş vaqtida qayd etilgan. 

Biroq, mutaxassislar heç qanday şubhali narsani aniqlaşolmagan. Ekipaj a'zolari, layner tizimlari işlaşiga oid xavotirlarini bildirmagan, şu bois samolyot öz reyslarini davom ettirgan. 

Sönggi sutka davomida aerobus örta masofada oltita parvozni amalga oşirgan. U sönggi turargohi Parijning Şarl-de-Goll aeroportida 1 soat yetti daqiqa turgaç, 18 may kuni keç tunda Qohiraga parvozni boşlagan. 

Airbus A320 layneri 19 may erta tongda radar ekranlaridan ğoyib bölgan edi. Uning bortidagi 66 kişining barçasi halok bölgan. Samolyot qoldiqlari, Gretsiyaning Karpatos orollariga yaqin dengiz suvlarida aniqlangan.