AQŞ prezidenti Barak Obama öz vakolatining oxirgi yilida yana bir marta öz prezidentligi davrida qilgan eng katta xatosiga töxtalib ötdi. U taşqi siyosat bobida Liviyadagi siyosiy nizolarga aralaşganini özining eng katta xatosi bölgani sifatida aytib ötdi. U bu haqda Elkxart şahrida (Indiana ştati) qilgan çiqişida şu mavzuga töxtalib, ayni damda uning aybi tufayli Liviyada "xaos hukmron" ekanini tan olgan.

"Men oldin ham Liviyadagi operatsiyaning yaxşi rejalaştirilmaganini özimning asosiy xatoim deb hisoblaşimni aytgandim", deydi u PBS telekompaniyasi tomonidan taşkillaştirilgan konferensiyada amerikaliklarning savollariga javob qaytara turib. U NATO mamlakatlari Muammar Kaddafi tuzumiga qarşi kuraş boşlagan isyonçilarni qöllab-quvvatlaganini eslab, bu vaziyatda u Ğarb qöşinlarining Liviyaga bostirib kirganidan söng sodir bölgan hodisalarni rejalaştira oliş imkoniga ega bölmaganini, yangi hukumat tuzilişini hamda mamlakatda xavfsizlikni ta'minlay olmaganini ta'kidladi.

U "ortga qaytişning imkoni bölsa, butunlay boşqaça siyosat yuritgan bölişini" aytgan.

U katta siyosat sahnasida xatolar yuz berişini ba'zida işonçli ma'lumotlar yetişmasligi bilan izohlagan.

Liviyada 2011 yilning fevralida Muammar Kaddafi tuzumi ağdarilişi va uning özi öldirilişi ortidan fuqarolar uruşi kelib çiqqan. Natijada mamlakat ikki lagerga ajralgan. 

Tripoli va uning atrofida jahon hamjamiyati tomonidan olinmagan Xalif al-Gveyl boşçiligidagi radikal kuçlar tuzgan hukumat nazorat örnatgan bölsa, mamlakat şarqida, Tobruk şahri va uning atrofida Abdulla Abdurahmon at-Taniy boşçiligida Liviyaning "şarqiy hukumati" mavjud.

Şu yilning mart oyida BMT homiyligida Liviyada Milliy birlik hukumati tuzildi. Şu oyning özida Tripolidagi harbiy-dengiz bazasida Vazirlar Mahkamasining bir neça a'zolari bölişdi. Lekin ular mamlakatdagi köpçilikning qöllab-quvvatloviga erişa olmadi.