Kremlda 1 iyun - Bolalarni himoya qiliş kuniga hamda "Roditelskaya slava" ordenini topşirişga bağişlangan qabul çoğida Tulsk viloyatidan kelgan 4 yoşli Yana Kuleşova sahnaga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning yoniga çiqib, yiğlab yubordi. Bu haqidagi syujyetni Russia Today kanali ma'lum qildi.
Putin qizçani tinçlantirişga qaror qildi. U qizning yoniga ötirib, uning yuzidan silab qöydi, lekin qizça yiğlaşdan töxtamadi. Şundan söng Putin uni kameralar bilan çalğitişga urinib kördi, ammo qiz baribir tinçlanmadi.







