2015 yil oktabr oyining örtalarida Burxon Muxtorov (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda aka-uka Bekzod va Şarif Mahkamovlar Samarqand viloyatidan marixuana giyohvandlik vositasini olib kelib, Toşkent şahrida qonunga xilof ravişda sotiş töğrisida özaro kelişib olişadi. Bu haqda “Ogoh” naşri yozmoqda.
Jinoiy kelişuvga köra, B.Muxtorov köp miqdordagi marixuanani sotadigan şaxsni topgaç, B.Mahkamov bilan birga ulardan mazkur giyohvandlik vositasini sotib olingan marixuanani özlari vaqtinça istiqomat qilib kelayotgan Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi uyiga olib kelib, akasi Şarif bilan birga yaşirib qöyişlari lozim edi. Söngra Bekzod va Şariflar sotib olingan marixuanani xaridor topib sotişgaç, olingan pullarni özoro ya'ni Burxon, Bekzod va Şariflar örtasida taqsimlab olişlari kerak edi.
Mazkur jinoiy rejaga köra harakatlangan Burxon özining tanişi Nurmat Abdujabborovga marixuana giyohvandlik vositasini sotib olmoqçi ekanligini bildirib, taklif bilan murojaat qiladi. Şundan söng, Burxon va Bekzodlar 2015 yilning 21 oktabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Daxbed qörğonida böla turib, u yerda N.Abdujabborov bilan körişib, undan 4000000 söm evaziga köp miqdordagi - taxminan 200 gramm marixuana giyohvandlik vositasini sotib oliş töğrisida kelişişadi. Keyin ular Nurmatga sotib olinadigan marixuana uçun mazkur pul mablağlari berişadi.
Öz navbatida, Nurmat Oçil Rahimov ismli şaxs bilan körişib, u bilan giyohvandlik vositalarini sotiş haqida jinoiy til biriktirib, unga Burxon va Bekzodlardan olgan 4000000 söm pul mablağlarini beradi.
Oradan bir neça kun ötib, ya'ni oktabr oyining oxirlari, soat 20:30 larda Oçil va Burxonlar bir guruh bölgan holda harakat qilişadi. Şu maqsadni közlagan holda, Oçil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Şaxob” kanali yonida muqaddam olgan 4000000 söm pul evaziga Burxon va Bekzodga polietilen paketga öralgan köp miqdordagi 198,71 gramm marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda sotadi.
Öz navbatida, Bekzod, Oçil va Burhonlardan sotib olgan marixuanani sotiş maqsadida Samarqand viloyatidan Toşkent viloyatiga olib kelib, özi vaqtinça ijarada yaşagan Zangiota tumanidagi uyiga yaşirib qöyadi.
Bekzod, Burxon va Şariflar bilan tuzgan özaro jinoiy rejaga köra harakat qilib, 2015 yilning 28 oktabr kuni şaxsi noma'lum bir kimsaga giyohvandlik vositasining bir qismini, ya'ni ikki dona gugurt qutilariga solingan 8 gramm va qora polietilen paketga öralgan 50 gramm marixuana giyohvandlik vositalarini 2500000 söm evaziga qonuga xilof ravişda sotiş haqida kelişişadi.
Şundan söng, Bekzod va Şarif 31 oktabr kuni soat 17:00 larda, bir guruh bölib, muqaddam işlab çiqilgan rejaga muvofiq, köp miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini sotiş maqsadida, Toşkent şahar Çilonzor tumani 16-mavzesida joylaşgan internet öyingohiga borişadi. Bu yerda Bekzod özoro kelişuvga köra, marixuana jinoiy şerigi bölmiş akasi Şarifga berib, sotib oluvçi şaxsni kutib turganlarida, huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida aşyoviy dalillar bilan uşlandilar. Ular özlariga boğliq bölmagan holatlarga köra, köp miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotişga qaratilgan jinoiy maqsadlarini oxiriga yetkaza olmadilar.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga köra, Şarifdan aşyoviy dalil tariqasida olingan moddalar marixuana giyohvandlik vositasi bölib, ularning oğirligi 46,35 grammni taşkil etişi aniqlandi.
Bundan taşqari, öşa kuni soat 20:10larda huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Bekzod va Şarif vaqtinça yaşab kelgan Zangiota tumanidagi uylari xolislar iştirokida közdan keçirilganda, u yerdan 6 dona gugurt qutilariga solingan va 4 dona polietilen paketlarga joylaştirilgan moddalar aşyoviy dalil tariqasida olib qöyildi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga köra, uşbu moddalar marixuana giyohvandlik vositasi bölib, ularning oğirligi 152, 36 grammni taşkil etişi aniqlandi.
B.Muxtorov, aka-uka Mahkamovlar, N.Abdujabborov va O.Rahimovlarga ham jinoyatlariga yaraşa sud hukmiga köra uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.







