Saudiya Arabistoni OPeK a'zosi bölgan mamlakatlar tomonidan jamoaviy neft qazib olişni çeklaş böyiça bitimni qöllab-quvvatlaşi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
Naşrning ma'lum qilişiça, neft qazib olişga yangi çeklovlar kiritiş masalasi 2 iyun kuni OPeKning Venadagi majlisida körib çiqiladi. Manbaga köra, Saudiya Arabistoni faqat bir şart bilan bunday çoraga öz roziligini berişi mumkin - taşkilotning bir sutkada neft qazib oliş böyiça eng yuqori körsatkiçi 32,5 million barrelga kötariladi.
WSJ çeklaşni qöllab-quvvatlaş Ar-Riyodga OPeKning noçorroq a'zolari bilan munosabatlarni qayta tiklaşga imkon berişini qayd qilib ötdi.
OPeK a'zosi bölgan mamlakatlar hozirça işlab çiqariş çeklovlariga doir aniq bir fikrga kelişdan yiroqlar. Neft qazib çiqarişni çeklaş tarafdorlari bölgan mamlakatlar qatoriga Nigeriya, Qatar, Jazoir va Venesuela kiradi, biroq BAA agar Eron ularni qöllab-quvvatlamasa, limitlarga qarşi çiqişi kutilmoqda.







