Xiaomi kompaniyasi özining Mi Band fitnes-bilakuzugining  OLED-displey bilan ta'minlangan ikkinçi versiyasini namoyiş qildi. Bu haqida TechCrunch xabar berdi.

Past bahosiga qaramay Mi Band 2 nafaqat qadamlarni sanaydi, balki sohibining pulsini ham ölçaydi. Bundan taşqari qurilmada ilk marotaba OLED-displey paydo böldi.

Mi Band 2 bilakuzugining narxi atigi 23 dollarni taşkil qiladi. Bluetooth 4.0 moduli kiritilgan qurilma batareyasi bir marta quvvatlantirilganda, 20 sutkagaça yetadi. 

Mi Band 2'da birinçi marotaba Jawbone Up va Apple Watch foydalanuvçilari orasida maşhur funksiya kiritildi: agar bilakuzuk egasi uzoq vaqt harakatsiz ötirsa, qurilma vibratsiyaga keladi.

Xiaomi kompaniyasi bergan xabarlarga köra, fitnes-trekerlarning 20 milliondan ortiq nusxasini sotişga muvaffaq bölingan. Bu esa kompaniyaning bu borada Fitbit'dan keyingi örinni egallaşini ta'minladi. OAV işlab çiqaruvçining muvaffaqiyati sirini uning narx siyosatida deb hisoblaydi: Mi Band bilakuzuklari odatda raqiblaridan bir neça barobar arzon narx belgilaydi. 

Mi Band 2 fitnes-bilakuzuklari 7 iyundan Xitoyda sotuvga çiqariladi. Boşqa mamlakatlarga çiqariliş muddati töğrisida hozirça ma'lumot berilmadi.