Liviya Oliy sudi xabariga köra, Muammar Qazzofiy tuzumida vazir lavozimlarini egallagan 6 kişi, apellyatsiya sudigaça qamoqdan çiqariladi. Ular, Liviyaning sobiq yetakçisiga qarşi xalq isyonini bostirişda ayblanmoqda, deb xabar qiladi AFP.

Tripolidagi boş prokuror idorasi vakili Soddiq As-Surning sözlariga köra, advokatlarning iltimosi bilan "yoş va soğliği bilan boğliq sabablar tufayli" sobiq hukumat a'zolariga nisbatan sud jarayoni noma'lum muddatga qoldirilgan edi. 

"Endilikda, sudning yangi qarori mamlakat poytaxtidagi axloq tuzatiş markaziga yuboriladi", - deb qöşimça qilgan As-Sur.

Muammar Qazzofiyning olti vaziri 2015 yil 28 iyuldagi mahkamada 5 yildan umrbod qamoq jazosigaça mahkum etilgan edi. Umuman, öşanda 36 kişiga nisbatan ayblov xulosasi e'lon qilingan, Liviya sobiq rahbarining öğli Sayf Al-Islom ölim jazosiga hukm etilgandi.