"Olti oydan söng yuz yillik yubileyini nişonlaşni rejalaştirayotgan Buyuk Britaniyada yaşovçi Viktor Marston ehtimol saratondan davolanişga muvaffaq bölgan eng yoşi uluğ bemor hisoblanar", deb yozadi The Guardian. 

May oyining boşida u içakdan yomon ösimtani olib taşlaş böyiça jarrohlik operatsiyasini boşdan keçirdi. Marston içak saratoni bilan birinçi marta kuraşayotgani yöq - oxirgi sakkiz yil içida bu uçinçi jarrohlik operatsiyasi. 

Marston birdaniga özini yomon his qila boşladi va qorin sohasidagi oğriqdan arz qildi. Şifoxonaga yetkazilganidan söng şifokorlar unda içak ösimtasini topişdi va bemorning yoşi katta bölişiga qaramay unda jarrohlik operatsiyasi ötkazişga qaror qilişdi. Şunisi e'tiborga loyiqki, jarrohlar odatda yoşi uluğ insonlarni operatsiya qilişdan boş tortişadi. 

Qirollik Bornmut şifoxonasi mutaxassislarining ta'kidlaşiça, Marston - ular saraton kasalligidan davolaşga töğri kelgan eng yoşi katta bemor. Biroq ma'lumotlar bilan tanişib çiqqaç, ular Marstonning saratondan davolanişga muvaffaq bölgan dunyodagi eng yoşi uluğ bemor ekaniga işonç hosil qilişdi. 

Viktor Marston beva. Uning ayoli Altsgeymer kasalligidan vafot etgan, qizi esa 58 yoşida öpka saratonining yengil şakliga çalinib, hayotdan köz yumgan. Hozirda Marston operatsiyadan keyin özini yaxşi his qilib, öz uyiga kelgan. U operatsiyaning muvaffaqiyatli ötganidan xursandligi va hozir özini soğlom his etayotganligini aytib, hali "qiladigan işlari köpligi"ni bildirgan.