Hindiston poytaxtidan 150 km uzoqda joylaşgan Matxura şahrida sektantlar tomonidan amalga oşirilgan ommaviy tartibsizliklar natijasida kamida 21 kişi qurbon bölgan, 100dan ortiq inson turli darajada tan jarohati olgan, deb xabar qilmoqda Uttar-Pradeş ştati politsiya mahkamasi. 

Huquq posbonlari ma'lumotlariga köra, politsiyaçilar "Jay Gurudev" sektasining 3000 nafar agressiv kayfiyatdagi a'zolari bilan 2 iyun keçqurun şaharning Javahar Boğida töqnaş kelgan. 

Sektantlar 3 yil muqaddam parkning 100 gektardan ortiq yerini noqonuniy egallab olişgan edi. Ular ötgan muddat mobaynida prezident va boş vazir iste'fosidan tortib, benzin va yoqilği narxini arzonlaştiriş kabi turli xil talablar bilan hudud nazoratini saqlab turişgan edi. 

Tartibni saqlaş xodimlari hududni zudlik bilan böşatiş töğrisidagi sud qarori ijrosini ta'minlaş uçun kelişganida töqnaşuvlar yuz bergan. 

Politsiyaçilar tayoqlar, toş va hatto öqotar qurollar bilan qurollangan olomonga duç kelgan. 

Ştat politsiyasi rahbari Javod Ahmadning sözlariga köra, dastlab uning xodimlari sektantlar bosimini elektrşoker va yoş oqizuvçi gaz yordamida qaytarib turişgan. 

"Ammo, xodimlardan biri boşidan otib öldirilgaç, yana biri toşböron qilingaç, politsiyaga ham öq uzişga ruxsat berilgan. Oqibatda 19 nafar dindor faol öldirildi", - deb bayonot bergan Ahmad. 

Uning aytişiça, 100dan ortiq jabrlanganlardan kamida 20 nafari politsiyaçilardir.