Niderlandiyada Özbekiston Respublikasining iqtisodiy va investitsion salohiyatiga bağişlangan axborot seminari bölib ötdi.
Tadbir YeIning "Menejment ta'lim dasturi - Özbekistondagi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari rahbarlarining salohiyatini rivojlantiriş" loyihasi doirasida Özbekistonning Belgiyadagi elçixonasi tomonidan Özbekiston sanoat palatasi va Niderlandiya parrandaçilik markazi bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Tadbirda niderland kompaniyalarining 50 nafar vakili iştirok etdi. Özbekistondan - "Özparrandasanoat", "Özsanoatqurilişbank" va "Xalq banki", parrandaçilik sohasida faoliyat yurituvçi korxonalar assotsiatsiyasi anjuman iştirokçilari böldi.
Iştirokçilar mamlakatning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, Özbekistondagi farovon biznes-iqlimning asosiy omillari, soliq imtiyozlari, bojxona preferensiyalari, maxsus iqtisodiy zonalar, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatida ötkazilayotgan islohotlar, şuningdek mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga doir ma'lumotlar bilan batafsil tanişib çiqişdi.
Tadbir davomidaTrade Uzbekistan elektron savdo maydonining imkoniyatlari namoyiş etildi.
Tadbirning axborot bilan tanişuv qismidan söng ikki mamlakatning biznes doiralari muzokaralar ötkazişdi. Ikki tomon oziq-ovqat sanoati va parrandaçilikning turli yönalişlarida hamkorlik qilişga kelişib olişdi.







