Neft bozori OPeKning sönggi ötkazilgan samarasiz uçraşuvi natijalarini tezda unutib, juma kunida narxlarning ösişini qayd etdi.
Bugun Brent turidagi neft ötgan yilning oxiridan buyon ilk bor 50 dollardan yuqorilagan. Kuzatuvçilar bozor uçun yomon kunlarning ortta qolganini aytmoqda.
OPeK taşkiloti neft narxi tuşişni boşlagan sönggi 18 oy davomida narxlarni barqaror saqlab qoliş yölida amalda biror çora köra olmadi. Neft yetkazib beriş uçun kvotalar belgilanmagan bölib, köplab davlatlar mahsulot yetkazib beriş hajmini oşirib bormoqda. Uning hajmini çegaralaş böyiça esa neft yetkazib beruvçi davlatlar bir töxtamga kela olişmadi.
2 iyun kuni OPeK sammitidagi jarayonlar tufayli Brent nefti narxi 49 dollardan pastga tuşib ketgandi.
Seşanba kuni tarqatilgan ma'lumotlarga köra, OPeK davlatlari neft yetkazib berişni aprelda kuniga 188 ming barreldan 32,44 mln barrelga yetkazgan. Bularning barçasi OPeK taşkilotining neft bozorini boşqarişdagi örni yöqolganini anglatmoqda.
Şunday qilib, Brent nefti London birjasida Toşkent vaqti bilan soat 9:55da 1 sentga arzonlagan va bir barreli 50,03 dollarga baholangan.
WTI neftining bir barreli narxi esa Nyu-York tovar birjasidagi (NYMEX) savdolarda şu vaqtda 2 sentga arzonlagan va 49,15 dollarni taşkil etgan.
Neft narxi kötarilişiga AQŞda zaxiralar kamaygani haqidagi ma'lumotlar ham sabab böldi. 2 iyun kuni AQŞ energetika vazirligi mamlakatda neft tovar zaxiralari ötgan haftada 1,37 million barrelga kamayganini e'lon qilgandi.







