«Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu fikriça, yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuçaytiriş lozim. U «Yuventus» yarim himoyaçisi Pol Pogba madridliklar jamoasi öyinini kuçaytiradi, deb hisoblaydi.

Bu borada klub boş murabbiyi Zinedin Zidan ham Ronaldu bilan hamfikr. Şu bois Ronaldu «Real» prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, Pogbani sotib olişni söragan.

Pogbani qölga kiritiş uçun Yevropaning bir neçta top-klublari harakat qilişmoqda. Ularning orasida «Mançester Yunayted», «Çelsi» va «PSJ» klublari bor.