Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga şaxsiy foydalaniş uçun kuçli ta'sir qiluvçi yoki zaharli moddalarga ega dorilarni faqatgina şifokor belgilaganini tasdiqlovçi hujjatlar bölganda olib kiriş mumkin bölgan qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Agar dori jinoyat qonunçiligi uçun röyxatga kiritilgan kuçli ta'sir qiluvçi yoki zaharli moddalarga ega bölsa, bu dorining aniq odamga belgilanganini tasdiqlovçi hujjatlar, ularning tasdiqlangan nusxalari yoki tasdiqlangan köçirmalar bölişi zarur.

Xorijiy tildagi tasdiqlovçi hujjatlarga ularning notarius tomondan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinişi lozim. 

Avvalroq Rossiya Davlat dumasi Rossiyaga şifokor retseptisiz şaxsiy foydalaniş uçun dorilarni olib kirişni taqiqlovçi qonun loyihasini qabul qilgandi.