Turkiya hukumati rahbari Binali Yildirim, 3 iyun kuni Ozarbayjonga rasmiy taşrif buyuradi. Diplomatik manbalarga köra, turk boş vaziri prezident Ilhom Aliyev va hamkasbi Artur Rasizade bilan uçraşadi.

Aytiş joizki, bu Yildirimning boş vazir lavozimidagi ikkinçi xorijiy safaridir. U 1 iyun kuni Şimoliy Kipr Turk respublikasiga borgan edi. 

Turkiya boş vaziri Ozarbayjon rahbariyati bilan ikki tomonlama aloqalarning barça sohalarini muhokama etadi, unda asosiy e'tibor, ikki mamlakat iştirokida energetika va transport sohalarida amalga oşirilayotgan loyihalarga qaratiladi. 

Xususan, 9,3 mlrd dollarlik Transanadöli gaz quvuri muhim mavzulardan biri böladi. U, ozarbayjon tabiiy gazini Yevropa janubiga yetkazişni közda tutadi. Rejaga muvofiq, uşbu quvur 2018 yildan Turkiyaga gaz yetkazib berişni boşlaydi. 2020 yilda, Transadriatika gaz quvuri qurib bitkazilişi bilan, Italiyaga yetkaziladi. 

Tomonlar şuningdek, Turkiya hududi orqali ötuvçi Baku - Tbilisi - Kars temiryöli qurilişini ham muhokama etişadi. 

Şu bilan birga, ikki mamlakat örtasidagi savdo aloqalarini yanada faollaştiriş, özaro sarmoya almaşiş hajmini ham oşiriş masalalari ham körib çiqiladi. 

Muzokaralar çoğida, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro mavzular böyiça fikr almaşiladi.